Sen bilan birga o'sdim,
Biz qadrdon jo'ramiz. (x2)
Zo'r rejam borki do'stim,
Boja-boja bo'lamiz. {x4}
Yorimning tiniq chashma
Singlisi ishqqa tashna. (x2)
O'shanga uylan, oshna,
Boja-boja bo'lamiz. {x4}
Kuyovto'ra – men, mayli,
Yangangiz bizning Layli. (x2)
Qirq-karnay surnayli
Boja-boja bo'lamiz. {x4}
Boja… bo-bo-boja…
Qaynotamiz zo'r odam,
Qaynonamiz serkaram.
Borini ko'rib baham,
Boja-boja bo'lamiz.
Opa-singil ovsinlar
Xizmatimiz qilsinlar. (x2)
Yovlar ko'rib qo'ysinlar –
Boja-boja bo'lamiz. {x4}
Boja…
Sen bilan birga o'sdim,
Biz qadrdon jo'ramiz. (x2)
Zo'r rejam borki do'stim,
Boja-boja bo'lamiz. {x8}
Boja… bo-bo-boja…