Sen olissan garchi mendan yorim bu dam,
Sening bir bor go'zal vasling ko'rolsam.
Mendek ko'kda oyga termulolsang, erkam,
Yuzlashardik birga oyda, azizam, wow.
Men olisman garchi, sendan yorim bu dam,
Qani men ham sening vasling ko'rolsam.
Mayli, birga ko'kka termulaylik dildan,
Sevgi sog'inchlarin aytib yurakdan.
Sog'inadi yurak,
Sog'inadi yana, dard to'la dil halak.
Ovunadi yurak,
Ovunar, faqat unga bir sen kerak. (x2)
Kel deya yonimga chorlab seni har dam,
Tunda oy-u kunda quyosh bo'laman.
Masofalar bilmas mening sevgim hech ham,
Ko'rgan chog'im shunda baxtga to'laman.
Kel deya chorlagin meni o'zing, erkam,
Tunda sahro, kunda daryo kechaman.
O'rtamizda qancha masofa bo'lsa ham,
Muhabbatim, albat senga yetaman.
Sog'inadi yurak,
Sog'inadi yana, dard to'la dil halak.
Ovunadi yurak,
Ovunar, faqat unga bir sen kerak. (x2)
Sog'inaman, sog'inchim osmon,
Ta’riflash uchun ojizdir zabon.
Diydor kunini tinmay-tinmay kutaman,
Ko'zlaring ketmas ko'z oldimdan hamon.
Sog'inadi yurak,
Sog'inadi yana, dard to'la dil halak.
Ovunadi yurak,
Ovunar, faqat unga bir sen kerak. (x2)