Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!
Dunyoga keldik – bu ham omad,
Yetti muchamiz sog'-u salomat.
Bolam, deya suyundi onamiz,
“Bulbul”ingdan aylanay, – dedi dadamiz.
O'g'il bolamizda juda shunda,
Yoshlik o'tib ketdi bir zumda.
Solishib, tepishib, yeb kaltaklar –
O'g'il bola bo'lib tug'ilgan-da erkaklar.
Ranging oqmi, qora, malla –
Bo'lmagin rasvo, dabdala:
Aroq, qimor, ko'knor, nasha,
Zinodan qilgin andisha.
Qara, barobar emas bu besh qo'l,
Qo'ygan qadamingga hushyor bo'l!
Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!
Pok bo'l, erkak, gardkam bu dunyo,
Omonat jon-tan, kim boy, kim gado.
Kasbing halollab topgin noningni,
Haromdan qoch, qiynama joningni.
“Yo pirim”, – degin, Xudo qo'llasin,
Qo'llasin, bandasin o'zi asrasin.
Tirikchilik, deysan, pul qo'lning kiri,
Qarz bo'lsang to'la qarz, erkakning eri.
Erkakmisan, olmagin qasd,
Mard bo'l endi, nomard emas!
Nohaqlik ko'p bu dunyoda,
Erkak bo'lish oson emas.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!
Jufti halol yaxshi, bu ham omad,
O'g'il yo qiz – bu zo'r ne’mat.
Ot bosganni toy ham bosadi,
Qo'yniyam, echkiniyam o'z oyog'idan osadi!
“Bir boshga – bir o'lim” – yaxshi bilasan,
Otasan – bolaga javob berasan.
Hayot go'zaldir, ajoyib,
O'lim haqdir, bizlar mag'lub.
Oxir borar joy – qora yer,
Sherning o'ligini ham derlar sher.
Yana bitta erkakcha gap –
O'zingdan zo'rmi u, tan ber.
O'zingga, oilangga insof so'ra,
Uyalib qolishdan asrasin, jo'ra.
Ollohim, Tangrim, Rahim, Rahmonsan,
Kimni aziz yoki xor qilasan.
Qilgin rahm, qil mehr-shafqat,
O'zingdan o'zgasiga egiltirma faqat.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar! (x2)