Tomchilar ko'zda yoshim,
Seni deb bag'ri toshim.
Qiynaldim azobingdan,
Oh, yanada holim yomon.
O'z holimga qo'ymayin,
Menga hech bo'ysunmayin,
Yana bu xayollarim
Olib ketar, yor, sen tomon. (x2)
Sevaman, debsan-da,
Mani ko'nglim sanda.
Ayt, nechun kelmaysan
Sog'inganda? (x2)
Tong otadi, kun botadi,
Bevafo qayda qoldi?
Yana hijron, yana hijron,
Yuragimga o't soldi. (x2)
Ketdi yor indamayin,
Bir og'iz so'z demayin.
Sog'inchlar azobiga
Endi men qanday chidayin?
O'z holimga qo'ymayin,
Menga hech bo'ysunmayin,
Muhabbat azobiga
Oh, yana qanday chidayin? (x2)
Sevaman, debsan-da,
Mani ko'nglim sanda.
Ayt, nechun kelmaysan
Sog'inganda? (x2)
Tong otadi, kun botadi,
Bevafo qayda qoldi?
Yana hijron, yana hijron,
Yuragimga o't soldi. (x2)
Sevaman, debsan-da,
Mani ko'nglim sanda.
Ayt, nechun kelmaysan
Sog'inganda? (x2)
Tong otadi, kun botadi,
Bevafo qayda qoldi?
Yana hijron, yana hijron,
Yuragimga o't soldi. (x4)