O'sha kun men mast edim,
Mast edim, menmas edim.
Bormas edim, sog' bo'lsam,
Sevaman demas edim. (x2)
Maqtadim ko'z-qoshingni,
Chimirilib qaroshingni, (x2)
Bildim, ishq sharobi ham
Og'ritarkan boshingni,
Og'ritarkan boshingni. (x2)
O'sha kun men mast edim,
Mast edim, menmas edim.
Bormas edim, sog' bo'lsam,
Sevaman demas edim. (x2)
Sen xafa bo'lmadingmi,
Ko'nglingga olmadingmi? (x2)
Ishqilib, she’rlarimga
Ishonib qolmadingmi?
Ishonib qolmadingmi? (x2)
O'sha kun men mast edim,
Mast edim, menmas edim.
Bormas edim, sog' bo'lsam,
Sevaman demas edim.
Yerga urib qadrimni,
Doston qildim dardimni. (x2)
Ojizligimni kechir,
Kechir muhabbatimni,
Kechir muhabbatimni. (x2)
O'sha kun men mast edim,
Mast edim, menmas edim.
Bormas edim, sog' bo'lsam,
Sevaman demas edim. (x2)