(Sonsiz yulduzlarga to'la osmoning,
Ko'z nuri yetgan joy sening makoning.
Kuylatmay qo'ymaydi biroq armoning,
Qalbimda qo'shiqqa tilangan sado.
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin,
Dunyo…)
Tilagim – tinmasin asriy buloqlar,
Dillardan yuvilsin g'uborlar, dog'lar,
Gulsiz va bulbulsiz qolmasin bog'lar,
Ohular ko'zida unsiz bir nido,
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo.
Qatrasi tanga jon, lablarga malham,
U yomg'ir, u dengiz, u mulki olam.
Bu mo'jiza qolsin bizdan keyin ham,
Suvday serob bo'l-u to'kilma aslo,
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo.
Tinchlik va baxt senga yor, {x2}
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo.
Jangohlardan yiroq olam bor bo'lsin,
Dalaga don sochgan ko'klam bor bo'lsin,
Tinchlik so'zin yozgan qalam bor bo'lsin,
Daftarimda porlar muborak imzo,
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo.
Xilqatda xalqlar bor, dillar ko'p xushhol,
Biroq rang ajratmoq nechundir bu on?
Axir nomimiz ham yagona inson,
Barchamiz farzandmiz zaminga yakdon.
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo.
Tinchlik va baxt senga yor, {x2}
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo.
Yurtim, pok mehringdan quyosh nur olar,
Doning totgan qushlar ketolmay qolar.
Senda qo'nim topgan ne-ne daholar,
Yaxshilarga bag'ring ochiq doimo,
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo.
Otamga tengdoshsan, sochlaringda qor,
Onamga sirdoshsan, qalbingda bahor.
Senga aytar hali ko'p gaplarim bor,
Faqat bittasini aytdim bu asno,
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo.
Tinchlik va baxt senga yor,
Tinchlik va baxt senga yor,
Tinchlik va baxt senga yor bo'lsin dunyo. (x4)