Men o'zimni sevaman, menga o'zim yoqadi,
Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi.
To'nim kalta va lekin yo'qdan ko'ra shukr bor,
Bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor. (x2)
Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman,
Chap yuzimga urishsa, o'ngin tutib turaman. (x2)
Yurak degan qabrga armonimni ko'mganman
Va ustida bolamga o'yin tushib berganman. (x2)
Har tong qarab oynaga, deyman “mening g'amim yo'q”,
Men sog'lomman, men zo'rman, tashvishim yo'q, kamim yo'q.
G'animlarim yov, lekin men ulardan qarz emas,
Hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas. (x2)
Xomush bo'lar ba’zilar sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib. (x2)
Tikan – tikan, gul – guldir, har narsa o'z holicha,
Azizlarim, dunyoni qabul qiling boricha. (x2)
Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling:
O'zingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni imtihonga tashlabdur,
Pirim o'sha kovushsiz, devonai Mashrabdur.
Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling:
O'zingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni sinovlarga tashlabdur,
Pirim o'sha kovushsiz, devonai Mashrabdur.
Ko'ylagimni so'rashsa, to'nimni ham beraman,
Tikanlarning ichidan gullolalar teraman. (x2)
G'am so'zidan o'zimga shodlik so'zin yasayman,
Men shunaqa, o'zimni xursand qilib yashayman. (x2)