Gohida kuy ishqi qilganda xumor,
 Sho'ng'ib ketsam goho ohu-nolamga,
 Vayron kulbasida nimaiki bor,
 Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Vayron kulbasida nimaiki bor,
 Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Jovdiraydi sarflab barcha imkonin,
 Qo'yib bersang, tutar kaftida jonin,
 Suprasini qoqib, eng so'nggi nonin
 Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Suprasini qoqib, eng so'nggi nonin
 Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Men halakman o'gil-qizim erkalab,
 Quvonaman har bir yutug'in sanab.
 Bechora tin bilmas kechmi, ertalab,
 Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Qayda yursa maqtar men dilbandini,
 Elga ko'rk bo'lar deb shu farzandini.
 To'ydan niyat qilib olgan qandini
 Onam menga tutar, men-chi bolamga.
To'ydan niyat qilib olgan qandini
 Onam menga tutar, men-chi bolamga.
To'ydan kech qaytsam-u turmay ertalab,
 Uxlasam, boshimda sochlarim silab,
 Nimadir kaftida, qo'li qaltirab,
 Onam menga tutar, men-chi bolamga.
Nimadir kaftida, qo'li qaltirab,
 Onam menga tutar, men-chi bolamga. {x3}
Eh, besh kunlik dunyodan izlayman malham,
 Yiqilsam, yonimda hamdamim onam.
 Qaniydi, qaniydi onamdek mard bo'lib men ham,
 Butun topganimni onamga tutsam. {x2}