Onajonim, onajonginam, onam,
Farzandlarin oq yuvib, oq taragan,
Yo'lga kirganidan yo'lga qaragan,
Sho'xligimiz ozorimiz kechirgan,
Ko'ngillarga mehr nurin ichirgan onam.
Onajonim, onajonginam,
Sizning mehringizdan charog'on olam.
Onajonim, onajonginam,
Davlatim, o'zingiz taxtim, xazinam.
Duogo'yim, panohim onam,
Hamisha asrasin Allohim onam.
Koyiganda ham avaylab koyigan,
Nasihatlarin olgan odam boyigan. (x2)
Jon bolajon, deya jondan kechgan zot,
Bemor bo'lsak, ko'zyoshlarin ichgan zot – ona.
Onajonim, onajonginam,
Sizning mehringizdan charog'on olam.
Onajonim, onajonginam,
Davlatim, o'zingiz taxtim, xazinam.
Duogo'yim, panohim onam,
Hamisha asrasin Allohim onam.
Yelkamdamas boshimdagi farishtam,
Yuragimga quvvat bergan jon rishtam. (x2)
Boshimizda hamisha bosh bo'lgaysiz,
Kechalari oy, kunduz quyosh bo'lgaysiz. (x2)
Nabiralar bag'ringizda gul-lola,
Chaman bo'lib bo'y taratgan sulola.
To'y hashamning fayzi bo'lgan gultojim,
Bu olamning fayzi bo'lgan gultojim onam.
Onajonim, onajonginam,
Sizning mehringizdan charog'on olam.
Onajonim, onajonginam,
Davlatim, o'zingiz taxtim, xazinam.
Duogo'yim, panohim onam,
Hamisha asrasin Allohim onam.
Onajonginam…