Ketasanmi, so'nggi qarormi?
Qolmadimi boshqa ilojing?
Ichim qizib, ko'zim namlandi,
Kelmayapti sendan ayrilgim.
Ayrilganman orzularimdan,
Armon, menga eng tanishi sen.
Mushtlarimda qisdim yurakni,
Kelmayapti sendan ayrilgim.
Yonar dunyo, yonma-yon tursak,
Chalarmikan ayrilsak qarsak?
So'nggi so'zim shu bo'lsa kerak:
Kelmayapti sendan ayrilgim.
Hayratdaman dengiz yongandek,
Oy yoniga quyosh borgandek.
Qolamanmi huvillab o'zim?
Bu keng dunyo bo'shab qolgandek.
Nikohimga ololmadimda,
Nigohingda qololmadimda,
Qarayolsang ko'zimga qara,
Kelmayapi sendan ayrilgim.
Ketasanmi, so'nggi qarormi?
Qolmadimi boshqa ilojing?
Ichim qizib, ko'zim namlandi,
Kelmayapti sendan ayrilgim.
Kelmayapti sendan ayrilgim…