Do'stim!
Do'stim, dard-u sitam zarbini
Turfa tashvish tushsa bilarsan.
Bahor, yoz-u kuzning qadrini
Bemahal qish tushsa bilarsan.
Hayot ayni hikmat bo'lganin,
Umring aziz ne’mat bo'lganin,
Chaynab yemoq rohat bo'lganin
Og'zingdan tish tushsa bilarsan.
Chaynab yemoq rohat bo'lganin
Og'zingdan tish tushsa bilarsan.
Omad kelsa, boring ko'p bo'lar,
Suhbatingga zoring ko'p bo'lar,
Qarindoshing, yoring ko'p bo'lar,
Oshig'ing pesh tushsa bilarsan.
Qarindoshing, yoring ko'p bo'lar,
Oshig'ing pesh tushsa bilarsan.
Bevafoning shaytonligini,
Bo'salari arzonligini,
Qo'yningda bir chayonligini
Tanangga nish ursa bilarsan.
Qo'yningda bir chayonligini
Tanangga nish ursa bilarsan.
Dunyo!
Dunyo bir kam, dunyo berahm,
Bog'i yarim, sahrosi yarim.
Kimlar g'anim, kim oshno karim
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Kimlar g'anim, kim oshno karim
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Do'stim, do'stim, do'stim…