Ko'nglima orzular solgan qishlog'im,
Olis-olislarda qolgan qishlog'im. (x2)
Kelib qolarmu deb, har sahar, har shom
Ko'zlari yo'limda-yey tolgan qishlog'im. (x2)
Mening maqsadimdan ko'nglim ko'p to'qdir,
Armon – nishoniga tegmagan o'qdir. (x2)
Orzuning izmida hamon hayotim,
Lekin bu yo'llarning adog'i yo'qdir. (x2)
Aytgin, senmasmidi men tanlagan yo'l,
Sayrga eltmasmidi men tanlagan yo'l? (x2)
Olis-olislarda ovoradurman-ey,
Borsa kelmasmidi men tanlagan yo'l? (x2)
Ko'nglima orzular solgan qishlog'im,
Olis-olislarda qolgan qishlog'im. (x2)
Kelib qolarmu deb, har sahar, har shom
Ko'zlari yo'limda-yey tolgan qishlog'im. (x2)
Ko'zlari yo'limda-yey tolgan qishlog'im… {x2}