Mayin sochlaringni silar daydi shamollar,
Go'zal yuzlaringdan o'par bahoriy yomg'irlar. (x2)
Qaniydi shamol kabi, bahoriy yomg'irlar kabi
Sochlaring silab, yuzlaringdan o'polsam.
Kechir, chiroyingga asir dilim,
Kechir, chiroyligim, o'zing gulim.
Men nigohingga qarab to'ymaganimda,
Sevgim izhorim aylab qo'ymaganimda, (x2)
Nigohlaring ma’noli, kulishlaring yoqimli,
Xayollarimni o'zingga chorlaydi.
Kechir, chiroyingga asir dilim,
Kechir, chiroyligim, o'zing gulim. (x1+x2)