Keltursa yuz baloni o'shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni bursam balo manga. (x2)
Ey, balo manga.
Netgaymen ul rafiq bilakim, qilur base,
Mehr-u vafo raqibg'a, jabr-u jafo manga.
Begona bo'lsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun bo'ldi ul parisifatim oshno manga.
Keltursa yuz baloni o'shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni bursam balo manga. (x2)
Ey, balo manga.
Dardim ko'rub, muolajada zoya etma umr
Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.
To yor kimni istar-u ko'nglima kim yoqar,
Tashvishi bejihat erur oxir sanga, manga.
Keltursa yuz baloni o'shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni bursam balo manga. (x2)
Ey, balo manga.
Bobur, bo'lub turur ikki ko'zum yo'lida to'rt,
Kelsa ne bo'ldi qoshima bir-bir manga, manga.