Yomg'ir tomchilari oynangni chertsa,
Bir zumga halovat seni tark etsa,
Oxir afsuslaring joningdan o'tsa,
Bir bora eslab qo'y, meni eslab qo'y.
Kipriklar cho'milsa tinmay yoshlarga,
Orzular ko'milsa qoyatoshlarga,
Hasratlar ilinsa ko'z-u qoshlarga,
Bir bora eslab qo'y, meni eslab qo'y.
Eslagin, eslagin, suratlarda xotira,
Eslagin, eslagin, tortib bormoqda xira.
Eslagin, eslagin, hech bo'lmasa qolayin,
Eslagin, eslagin, senga bo'lib xotira.
Sog'inchlar kezganda ko'ngil bog'ida,
Bulbullar sayrasa bahor chog'ida,
Mayli qachonlardir baxt quchog'ida
Bir bora eslab qo'y, meni eslab qo'y.
Menchalik sevolmas o'zgalar balkim,
Ne sabab bilmadim, xayrlashdik jim.
Ko'nglingga sig'mayin qolganda hech kim,
Bir bora eslab qo'y, meni eslab qo'y.
Eslagin, eslagin, suratlarda xotira,
Eslagin, eslagin, tortib bormoqda xira.
Eslagin, eslagin, hech bo'lmasa qolayin,
Eslagin, eslagin, senga bo'lib xotira. (x1+x1)