So'nggi paytlarda dunyoning turli joylarida sodir etilayotgan qo'poruvchilik ijrochilari o'zbek millatiga mansub degan xabarlar mening yuragimni vayron qilmoqda. Gapirmangiz, eshitmayman, yolg'on bari! Qo'li qonga botgan bo'lsa, o'zbek emas!
Millat sha’nin sotgan bo'lsa, O'zbek emas,
Zalolatda yotgan bo'lsa, O'zbek emas! (x2)
Ne yozilgan hujjatida – xabarim yo'q,
Qo'li qonga botgan bo'lsa, O'zbek emas!
O'zbek emas, O'zbek emas,
Millat sha’nin sotgan bo'lsa, O'zbek emas!
O'zbek emas, O'zbek emas!
Muhabbatni surtar ko'z-u qoshga millat,
Mehr nomin ko'targaydir boshga millat, (x2)
Odamkushlar, ul xudkushlar boshqa millat,
Dunyoga dor tortgan bo'lsa, O'zbek emas!
O'zbek emas, O'zbek emas,
Odam qonin totgan bo'lsa, O'zbek emas!
O'zbek emas, O'zbek emas!
El boshini egib, bunda hayron qolsa,
Chekib ozor, ko'ngilda bir vayron qolsa,
Kechib dildan, iymon qolsa, Rahmon qolsa,
Shaytoniy do'st topgan bo'lsa, O'zbek emas!
Fazilatim – fazlim mening, illatimmas,
Sahovatim sadrim mening, minnatimmas, (x2)
Vatanfurush ikki dunyo millatimmas,
Go'daklarni chopgan bo'lsa, O'zbek emas!
Jannatmakon bog'dan uchib, qo'ngan chohga,
Yovuzlardan obod dillar to'lar ohga, (x2)
Bir bechora, behimoya, begunohga
Bemahal o'q otgan bo'lsa, O'zbek emas!
O'zbek emas, O'zbek emas,
Millat sha’nin sotgan bo'lsa, O'zbek emas!
O'zbek emas, O'zbek emas!