Yuraklari tosh, ko'zlari ko'rsan,
 Sevgidan yiroq, yolg'iz daraxtsan.
 Do'st-u yori yo'q, dili abgorsan,
 O'lgan sevgimizni qaylarga ko'may? (x2)
Qaylarga ko'may, qaylarga ko'may?
 O'lgan sevgimizni qaylarga ko'may? (x2)
Sevmagin meni, unutkil, deding,
 Ko'z yoshlarimni yolg'onga yo'yding.
 Armon gulini qo'limga berding –
 O'lgan sevgimizni qaylarga ko'may?
Qaylarga ko'may, qaylarga ko'may?
 O'lgan sevgimizni qaylarga ko'may? (x2)
Yo'llarim faqat seni izladi,
 Sevgimiz o'ziga qabr topmadi,
 Tobut atrofida ruhim tinmadi –
 O'lgan sevgimizni qaylarga ko'may?
Qaylarga ko'may, qaylarga ko'may?
 O'lgan sevgimizni qaylarga ko'may? (x2)