“Inyaz”da o'qidim man,
To'qqizta qiz, bir o'zim.
To'qqiz yil o'qib-o'qib,
Sevib qolganman o'zim. (x2)
Sevgim ko'zimni ko'r qildimi, o'zim bilmadim,
Kulib boqsa, buni sevgi deb balki o'yladim.
Chin sevgimni men hech ham yolg'onlarga yo'ymadim,
Ko'zlari xumor qilar, nima qilay, to'ymadim?
Kimning kami yo'q, ayting, do'stlarim?
Bir kam dunyoku, bir kam dunyoku. (x2)

Bu kunlarni kutmovdim, do'stlar,
Erta ne bo'lishin kim bilar?
Bilganimda qo'yvormas edim,
Ketma, deya yolvorar edim.
Mol-davlatga hech o'ch bo'lmadim,
Zo'rman desa, hech bosh egmadim.
Hozir esa afsuslar chekib,
Nima qilay ayting, do'stlarim?