Yurak kuysa, qandayin kulay?
Dardim qanday oromga ulay?
Sadoqatga, mayli, qul bo'lay,
Gar sog'insam seni, na qilay?
Qay gullardan visoling so'ray,
Qayerlarga yuzimni buray?
Qay qushlar-la men suhbat quray,
Gar sog'insam seni, na qilay?
Sabrim tog'i nuray boshlasa,
Ul tufayli ko'zim yoshlasa,
Gumon jonga qarmoq tashlasa,
Gar sog'insam seni, na qilay?
Gul bermasga armon bo'lmoqqa,
Qarorim yo'q bundayin qolmoqqa,
Aslo toqat qilmam tolmoqqa,
Gar sog'insam seni, na qilay?
Yurak kuysa, qandayin kulay?