Olamda tanho yurtim o'zingsan,
Boshimda nurli samo, sen baxtimdirsan.
Mening yoshligim, mening sevgim,
Eng go'zal orzularim, quvonchim sensan.
Tuprog'i oltin, qushlar sayragan gulzorim,
Bag'ri butunim, dunyo ichra betakrorim.
Ishongan tog'im, osmonlarga yetgan tog'im,
Mening vatanim, keng quloch yozgan chinorim.
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim,
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim.
Aziz diyorim, sen buyugim, beg'uborim,
Sensan yuragim, eng yaqinim, mehribonim.
Eng go'zal navo, qo'shig'im sensan,
Go'yo mehringdan sado, mening qalbimsan.
Bag'ringda yursam, yo'qdir armonim,
Ko'ngildagi g'ururim, sen shodligimsan.
Tuprog'i oltin, qushlar sayragan gulzorim,
Bag'ri butunim, dunyo ichra betakrorim.
Ishongan tog'im, osmonlarga yetgan tog'im,
Mening vatanim, keng quloch yozgan chinorim.
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim,
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim.
Aziz diyorim, sen buyugim, beg'uborim,
Sensan yuragim, eng yaqinim, mehribonim. (x1+x1)