Ko'zlaring aytadi – sevasan,
Jon desam, joning berasan.
Yuraging yolvorib so'ragan
Habibing menman, bilasan. (x2)
Go'zal sevgi bor, jonim,
Ko'nglimda bahor, jonim.
Qayga qadamim bossam,
Ochilar gulzor, jonim. (x2)
Bor bittasi – joning erkasi,
Oh, qalbingning qirolichasi.
Voy, voy, voy, bor bittasi – joning erkasi,
Oh, qalbingning qirolichasi.
Boshqasi mendek bo'lmas,
Bo'lsa ham, ko'ngling to'lmas.
Man degan qosh-u qalamlar,
Mingtasi mendek bo'lmas. (x2)
Jonimga yoqadi ishq,
Qonimda oqadi ishq.
Kunduzi, oppoq tunda
Oy bo'lib boqadi ishq. (x2)
Bor bittasi – joning erkasi,
Oh, qalbingning qirolichasi.
Voy, voy, voy, bor bittasi – joning erkasi,
Oh, qalbingning qirolichasi. (x2)