Davo bo'lmadi yillar,
 Davo bo'lmadi tunlar,
 Sensizlikka ko'nmadi yuragim, o yuragim.
 Azobingda yondi bu dil,
 Orzular so'ndi birma-bir,
 Sensiz dardlar yutdi yuragim, o yuragim.
Begona, begona bo'ldik biz ikkimiz,
 Yagona, yagona edi-ku sevgimiz.
 Va’dalar, va’dalar, yolg'onmidi ahdimiz?
 Armon endi baxtimiz.
Menga o'rgat, menga o'rgat,
 Menga ham o'rgat,
 Sevgim unutishni menga,
 Seni unutishni menga. (x2)
 Menga ham o'rgat!
Bora-bora ko'ndi yurak,
 Yona-yona to'ldi yurak,
 Ayro endi taqdir yo'limiz, o yo'limiz.
 Alamida yondi bu dil,
 Orzular so'ndi birma-bir,
 Armonlarga ko'ndi bu yuragim, o yuragim.
Begona, begona bo'ldik biz ikkimiz,
 Yagona, yagona edi-ku sevgimiz.
 Va’dalar, va’dalar, yolg'onmidi ahdimiz?
 Armon endi baxtimiz.
Menga o'rgat, menga o'rgat,
 Menga ham o'rgat,
 Sevgim unutishni menga,
 Seni unutishni menga. (x2)
 Menga ham o'rgat!