Mana soat tungi o'n ikki,
Mening jonim kelmadi,
Mana yana kelmadi erta.
Har kun bir gap: ushlanib qoldi,
Telefoni o'tirib,
Menga aytolmay qoldi yana.
Mana, mana, yana man,
Man sani kutaman.
Dasturxon yozib-yozib,
Qadamingni kutaman.
Bugun “gap”mi yoki osh-posh?
Kirib kelasan
Ikkida yo uchda, saharda.
Bo'ldi-da-da-da!
Ta-la pa-pi-ya,
Eshiklar yopiladi,
Keyingi bekat
Endi ko'cha bo'ladi.
Baribir menga
Bahonalar o'tmaydi.
Eshiklar yopiladi,
Uy 10 da bekiladi.
DAN xodimi oldimi vaqting?
Yana kim kasal bo'ldi,
Kimda o'g'il tug'ildi yana?
Telefon qilmasin do'stlaring,
Holatingni ko'rsatib,
Vaziyatni anglatib menga.
Mana, mana, yana man,
Man sani kutaman.
Dasturxon yozib-yozib,
Qadamingni kutaman.
Bugun “gap”mi yoki osh-posh?
Kirib kelasan
Ikkida yo uchda, saharda.
Bo'ldi-da-da-da!
Ta-la pa-pi-ya,
Eshiklar yopiladi,
Keyingi bekat
Endi ko'cha bo'ladi.
Baribir menga
Bahonalar o'tmaydi.
Eshiklar yopiladi,
Uy 10 da bekiladi. (x2)