Lab-u zabonim ojiz
Qoldi bu yurakda.
Saning vasling eslab,
Dil yig'lar azobda.
Eslab shirin damlar,
Yig'lab, ko'zda ko'z yoshlar.
Bo'lib bevafo yor,
Sevgimiz etding xor.
Qoldim kimsasiz sahrolarda,
Qoldim shubha-yu gumonlarda,
Yondim, bo'ldimku yo'lingda intizor,
Intizor. (x2)
So'zlayotgan bu so'zlar meni ko'zlar,
Qishni begona etgan bahor-u yozlar.
Qani ma’noli ko'zlar,
Qani vafoli so'zlar, qani, ayt qani? (x2)
Qoldim kimsasiz sahrolarda,
Qoldim shubha-yu gumonlarda,
Yondim, bo'ldimku yo'lingda intizor,
Intizor. (x2)
Lab-u zabonim ojiz
Qoldi bu yurakda.
Saning vasling eslab,
Dil yig'lar azobda…