Jonimdan ortiq so'rading –
Hayotimni ham berdim.
Aytgin jonim, seni
Men kimdan kam sevdim? (x2)
Bevafo, bevafo,
Aytgin rad javobing –
Ko'zlaringga qaramay,
Indamay jim ketaman! (x2)
Hatto oyning yuzida
Dog'lari bor, dog'lari,
Sevgining men uchun ham
Bir kun otar tonglari. (x2)
Lola g'unchalari
Gulladi xazonlarda,
Qayda qildim men xato,
Qoldirding armonlarda?
Bevafo, bevafo,
Aytgin rad javobing –
Ko'zlaringga qaramay,
Indamay jim ketaman! (x2)
Jonimdan ortiq so'rading –
Hayotimni ham berdim.
Aytgin jonim, seni
Men kimdan kam sevdim? (x2)
Bevafo, bevafo,
Aytgin rad javobing –
Ko'zlaringga qaramay,
Indamay jim ketaman! (x2)