Istaram yetsam quyundek gul uzorim qoshig'a,
Ollida tufrog' o'lub evrulsam aning boshig'a. (x2)
Xora uzra lola butkondek erur har yerda qon, {x2}
Boqsalar jismimg'a otqan har malomat toshig'a. {x2}
Istaram yetsam quyundek gul uzorim qoshig'a,
Ollida tufrog' o'lub evrulsam aning boshig'a.
Ko'zlarimdin yosh oqizg'ay, balki qon beixtiyor, {x2}
Har kishikim solsa ko'z giryon ko'zum qon yoshig'a. {x2}
Istaram yetsam quyundek gul uzorim qoshig'a,
Ollida tufrog' o'lub evrulsam aning boshig'a.
Ishq dashti zog'ining minqoridur yoqutrang,
Go'yiyo tushgandurur la'ling haloki loshig'a.
Ko'zlarim qilsun sadaf, kirpiklarim etsun qalam,
Bo'lsa dur boisti zebo suvrating naqqoshig'a.
Ko'p tajammul sotmag'il, ey charxkim, har kavkabing
Bir diramcha yo'qturur dayri fano qalloshig'a,
Fano qalloshig'a.
Istaram yetsam quyundek gul'uzorim qoshig'a,
Ollida tufrog' o'lub evrulsam aning boshig'a.
Har guharkim vasfida sochti Navoiy nazmidin,
Ul pari devona deb bir tosh otar podoshig'a. (x2)
Malomat toshig'a… Ko'zim qon yoshig'a…