Oro bermang, oro, nozlarim yomon,
Ishqim o'tida ado bo'lasiz,
Ey, va’dalari chin yor.
Daryo ko'nglim, daryo sevilgan sarim,
Sho'xliklarim shamol,
Ovora bo'lib, bedor bo'lasiz, bedor.
Mani ishqim ozor-ozor,
Dilni etadi bemor-bemor,
G'ururim osmon, dardim ummon,
Sizga man armon-armon.
Habiba, Habiba,
Man ertaklardagi sho'x qizman Habiba.
Ishqida ming shahzodalarni
Parishon aylatgan Habiba.
Habiba, Habiba,
Man ahli oshiqlar orzusi Habiba.
Ishqida ne ovoralarni
Parishon aylatgan Habiba, man Habiba.
Shaydo bo'lmang, shaydo, bejiz aldanib,
Bu afsunda ko'p ofat-u balo,
Shaksiz etadi vayron.
Orom bilmay, orom, g'amg'in yurasiz,
Vaslim oydan baland, oftobdan uzoq,
Nolon bo'lmang, nolon.
Mani ishqim ozor-ozor,
Dilni etadi bemor-bemor,
G'ururim osmon, dardim ummon,
Sizga man armon-armon.
Habiba, Habiba,
Man ertaklardagi sho'x qizman Habiba.
Ishqida ming shahzodalarni
Parishon aylatgan Habiba.
Habiba, Habiba,
Man ahli oshiqlar orzusi Habiba.
Ishqida ne ovoralarni
Parishon aylatgan Habiba, man Habiba.