Man yuragi vayron, ko'zlari giryon, dilida armon,
Man zor-u sarson, lol-u hayron, taqdiri farmon.
San olisga ketding, mani zor etding, bo'lmadi oson,
Dard tig'ladi qalbim, yig'ladi qalbim, bo'ldim parishon.
Masofalar bizlarni ayirdilar,
Sevgimizning qanotin qayirdilar.
Sog'inch azobi eng og'ir begumon,
Dunyoda bormi ayting, ayriliqdan ham yomon?
Nadur bu dunyo, dardmu dunyo?
Armonlari yo shartmu dunyo?
Ko'zlarimizda gardmu dunyo?
Nadur bu dunyo, bu dunyo, bu dunyo? (x2)
Dil chekadi ozor va yana bemor va yana bedor,
Dard yana xaridor, bo'lmadi diydor bizlarga zinhor.
Tong otadi og'ir, yuragim og'rir, yuragim og'rir,
Kun botadi asta, man dili xasta, sababi – san, yor.
Masofalar bizlarni ayirdilar,
Sevgimizning qanotin qayirdilar.
Sog'inch azobi eng og'ir begumon,
Dunyoda bormi ayting, ayriliqdan ham yomon?
Nadur bu dunyo, dardmu dunyo?
Armonlari yo shartmu dunyo?
Ko'zlarimizda gardmu dunyo?
Nadur bu dunyo, bu dunyo, bu dunyo? (x2)