[Yoqutjon Rajabov]
Sog'inaman, sog'inganim rost,
Armonlarga yo'q ko'ngil hushim.
Yillar bo'yi kutganim mushtoq –
Qanot qoqib kelgan baxt qushi.
Yillar bo'yi kutganim mushtoq –
Qanot qoqib kelgan baxt qushi.
[Umida Mirhamidova]
Asta ochdim umr daftarin –
Qancha shodlik, qancha qayg'ular.
Oshkor etmoq uchun borini, borini
Fursat kutar shirin tuyg'ular.
Oshkor etmoq uchun borini, borini
Fursat kutar shirin tuyg'ular.
[Umida Mirhamidova va Yoqutjon Rajabov]
Mayli-mayli, shuncha sog'intirsa ham,
Buzilmadi dilda ahdimiz.
Bir biriga intizor ko'ngil,
Shu emasmi bizning baxtimiz?
[Yoqutjon Rajabov]
O'tar qancha yillar to'zoni,
[Umida Mirhamidova]
Mag'rur turar yurakda sabrim.
[Yoqutjon Rajabov]
Saqlagayman asrab-avaylab,
Sen uchundir pokiza qalbim.
[Umida Mirhamidova]
Saqlagayman asrab-avaylab, avaylab,
Sen uchundir pokiza qalbim.
[Umida Mirhamidova va Yoqutjon Rajabov]
Mayli-mayli, shuncha sog'intirsa ham,
Buzilmadi dilda ahdimiz.
Bir biriga intizor ko'ngil,
Shu emasmi bizning baxtimiz?
[Umida Mirhamidova]
Har yurakni sinaydi hayot,
Chidash mushkul taqdir zarbiga.
[Yoqutjon Rajabov]
Balki totib hijron sharobin,
Yetarmizmi baxtning qadriga?
[Umida Mirhamidova va Yoqutjon Rajabov]
Balki totib hijron sharobin, sharobin,
Yetarmizmi baxtning qadriga?
[Umida Mirhamidova va Yoqutjon Rajabov]
Mayli-mayli, shuncha sog'intirsa ham,
Buzilmadi dilda ahdimiz.
Bir biriga intizor ko'ngil,
Shu emasmi bizning baxtimiz?
Shu emasmi bizning baxtimiz… {x2}