Yor-yor keldi, kelin keldi,
Poyqadamli go'zal keldi.
Farishtali, sarishtali
Osmondagi oy keldi.
Va’dasida turolgan
Ahdga vafodor keldi.
O'zga uyga kelin emas,
Iboli bir qiz keldi.
Yor-yor,
Azizlarim, xush keldingiz visol to'yiga,
Do'st-yorlarni jamlagan diydor kuniga.
Noz-ne’matdan ham shirindir tilaklar bugun,
Shuncha yillar kutilgan baxt dargohiga.
Yor-yor keldi, kelin keldi,
Poyqadamli go'zal keldi.
Farishtali, sarishtali
Osmondagi oy keldi.
Va’dasida turolgan
Ahdga vafodor keldi.
O'zga uyga kelin emas,
Iboli bir qiz keldi.
Yor-yor…
Barcha bugun baxt tilar kelin-kuyovga,
Shirin-shirin farzand tilab qo'llar duoda.
Hayotingiz nurga to'lsin baxtli juftliklar,
To'ylar to'yga ulansin-ey, yurt ham tinch bo'lsin.
Yor-yor keldi, kelin keldi,
Poyqadamli go'zal keldi.
Farishtali, sarishtali
Osmondagi oy keldi.
Va’dasida turolgan
Ahdga vafodor keldi.
O'zga uyga kelin emas,
Iboli bir qiz keldi.
Yor-yor…
Yor-yor… (yor, yor, yor, yor)
Yor-yor… {x2}