O'zing uchun o'l yetim dunyo,
Sabr kuydi, holva pishmadi.
Hayot boshga solmas ne savdo,
Eh, kimlarga ishim tushmadi! (x2)
To'zib ketar boshlagan ishim,
O'zib ketar bundan mish-mishim. (x2)
Eh, qiyin bo'ldi do'stga yolchishim,
Kimlarga ham ishim tushmadi,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!
O'zing uchun o'l yetim dunyo,
Sabr kuydi, holva pishmadi.
Hayot boshga solmas ne savdo,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!
Hech tengi yo'q aslariga ham,
Obod-u xor, xaslariga ham, (x2)
Har kas-u nokaslariga ham,
Yana kimga ishim tushmadi,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!
Ingrab borsang, ho'ngrab qarshilar,
Quchoq ochsang, yenglab qarshilar,
Topgunimcha sizni, yaxshilar,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!
O'zing uchun o'l yetim dunyo,
Sabr kuydi, holva pishmadi.
Hayot boshga solmas ne savdo,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!