Yo'llaringda nur bo'lay men,
Bog'ingdagi gul bo'lay men.
So'zlaringga dur bo'lay men,
Senga yarashgan juft bo'lay men.
Ko'zlaringga nur bo'lay men,
Ko'nglingdagi yor bo'lay men.
Senga jumboqli sir bo'lay men,
Senga yarashgan juft bo'lay men.
Sog'indim sog'inishing,
Ko'zimga termulishing,
Uzrlar so'rab yana
Yonimga kelishlaring. (x2)
Sog'indim…
Senga iboli yor bo'lay men,
Boshda baxt toji bor malika bo'lay men.
Senga vafoli yor bo'lay men,
Senga yarashgan juft bo'lay men.
Hayotingga ma’no bo'lay men,
Senga ushalgan orzu bo'lay men.
Baxt va qayg'uda birga bo'lay men,
Senga yarashgan juft bo'lay men.
Sog'indim sog'inishing,
Ko'zimga termulishing,
Uzrlar so'rab yana
Yonimga kelishlaring. (x2)
Sog'indim…
Sog'indim… ko'zimga termulishing…
Uzrlar… yonimga kelishlaring…
Sog'indim sog'inishing,
Ko'zimga termulishing,
Uzrlar so'rab yana
Yonimga kelishlaring.
Sog'indim…