G'amgin uyquda g'amgin tushlarim,
Hatto orqaga ketar ishlarim,
Isming muzlatar hatto tishlarim,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Yoningga shoshib boraman har kun,
Sevgim aytmoqqa yuzingga bugun.
Nafasimda sen, nega, ne uchun?
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Bo'lib qolganman men xayolparast,
Sening sog'inching yuragimga qasd,
Sevgi sharobi qildi meni mast,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Sen shodon hamon, parvoying falak,
Qalbimga qo'ngin go'zal kapalak.
Lekin bilaman, xayoling halak,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Qo'lim bormaydi qara bir ishga,
Bahorim hatto o'xshaydi qishga,
Dardim aytaman kelsa bir qushga,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Seni ko'rmasam, telba bo'laman,
Aqldan ozib, yomon yonaman.
Yomon xayolga so'ng ergashaman,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Sehrladingmi butun tanamni,
Tog'risini ayt, har bir xonamni?
O'zimga qaytar mening holimni,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
O'zimga o'zim gapirib har kun,
Go'yo telbadek xayolim tutqun.
Shunday o'tadi qadrsiz bu tun,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?