Nigohim tushsa agar, dilim yonar,
Parvo etmadingiz devona qizni.
Chin dildan sevardim, shundan qo'rqaman:
Sevgimning uvoli tutmasin sizni. (x2)
Devona qizman-ey, devona qizman,
Netay, sevgilimga begona qizman?
Devona qizman-ey, devona qizman,
Netay, sevgilimga begona qizman? (x2)
Pinhona armonlar yutdi yuragim,
Bir umr hijronlar tutdi bilagim.
Vayron yuragimda so'nggi tilagim:
Sevgimning uvoli tutmasin sizni.
Siz mening baxtimga baxtiyor bo'ling,
Ehtiyot qilaman, ehtiyot bo'ling.
Ko'nglimdan og'rinib, otmasman toshlar,
Sevgimning uvoli tutmasin sizni.
Devona qizman-ey, devona qizman,
Netay, sevgilimga begona qizman?
Devona qizman-ey, devona qizman,
Netay, sevgilimga begona qizman? (x4)