Aylanay, senga boqsam maylimi?
Xayolingni o'g'irlasam maylimi?
O'rgilay, senga boqsam maylimi?
Yuragingni o'g'irlasam maylimi?
Sevgi bilan oqshom-u tonglar go'zal,
Sehr to'la tim qora ko'zlar go'zal. (x2)
Sevdim degan nozik ma’noli so'zlar go'zal, {x2}
Oh, go'zal, oh go'zaldur.
Aylanay, senga boqsam maylimi?
Xayolingni o'g'irlasam maylimi?
O'rgilay, senga boqsam maylimi?
Yuragingni o'g'irlasam maylimi?
Mehr ila noz-u qarashlar shirin,
Senla o'tgan har bir lahzalar shirin. (x2)
Rashk o'tida yongan azoblari ham shirin, {x2}
Oh shirin, oh shirindur.
Aylanay, senga boqsam maylimi?
Xayolingni o'g'irlasam maylimi?
O'rgilay, senga boqsam maylimi?
Yuragingni o'g'irlasam maylimi?
Yorim, sening umr yo'ldoshing bo'lay,
Yaxshi-yomon kunda sirdoshing bo'lay. (x2)
Kulsang kulib, yig'laganda ko'z yoshing bo'lay, {x2}
Yor bo'lay, yoring bo'lay.
Aylanay, senga boqsam maylimi?
Xayolingni o'g'irlasam maylimi?
O'rgilay, senga boqsam maylimi?
Yuragingni o'g'irlasam maylimi? (x2)
Yuragingni o'g'irlasam maylimi?