Bo'larim bo'ldi, umidim o'ldi,
Yoningda kim, u axir sandan bo'sa oldi.
Ko'zga qon to'ldi, tugadi bo'ldi,
Sanga o'lgan kunlarim qo'llarimda qoldi. (x2)
Mani aldading, vafo qilmading,
Yoningda edim, lekin ko'rmading.
Nahot sezmading, yonib ketmading,
Olovdek eding, nega muzlading?
Tun chorlasa, tunga ergashib,
Ketmoqdasan kimga ergashib?
Nahot taqdiring ketdi chalkashib,
Yuribsan bugun yo'ldan adashib.
Bo'larim bo'ldi, umidim o'ldi,
Yoningda kim, u axir sandan bo'sa oldi.
Ko'zga qon to'ldi, tugadi bo'ldi,
Sanga o'lgan kunlarim qo'llarimda qoldi. (x2)
Sevganimda qadrimga yetmading,
Bir bora holim so'rmading,
O'zingcha kim deb o'ylading san mani?
Hammadan ustun ko'rardim,
Telbalarcha man sevardim,
Vafolisan deb o'ylardim man sani.
Toshga urildimi desam boshim,
Bag'ritoshga urilibman,
Sandaka insondan chetga surilibman.
Bugundan man uchun endi yo'qsan,
Ko'rsam endi deyman “kimsan?”,
Ahvolimni bugun bilsam ezilibman.
Bo'larim bo'ldi, umidim o'ldi,
Yoningda kim, u axir sandan bo'sa oldi.
Ko'zga qon to'ldi, tugadi bo'ldi,
Sanga o'lgan kunlarim qo'llarimda qoldi. (x2)