So'zlagani meni sira qo'ymaydi,
 Bo'ldi dema, deya-deya tinmaydi.
 Qanaqa yana bahonalar o'ylaydi?
 Meni aldaydi, meni aldaydi.
Gap desa, gapirgani qo'ymaydi,
 Nega-nega menga ishonmaydi?
 Balki endi bora-bora ko'nmaydi,
 Meni sevmaydi, meni aldaydi.
Dilni yaralama, yaralama,
 Yana-yana yaralama,
 Bo'ldi bas, bularning chegarasi bormi?
 Yaralama, yaralama, yana-yana yaralama,
 Bo'ldi bas, bularning chegarasi bormi?
Sog'inaman, sog'inaman, sog'inaman de,
 Kechalari ko'chalarda ovunaman de,
 Ora-chora, bora-bora og'rinaman de,
 Bir nima de, e, bir nima de! (x2)
Bas, yana bu shartlaring uydirma,
 Safsatalaringga ishontirma.
 Bo'ldi-da yetar, meni kuydirma,
 Meni yondirma, meni yondirma.
Kunda nega bir xabar olmaysan?
 Nega mani qadrimni bilmaysan?
 Balki sevaman, deya aldaysan?
 Meni aldaysan, nega aldaysan?
Dilni yaralama, yaralama,
 Yana-yana yaralama,
 Bo'ldi bas, bularning chegarasi bormi?
 Yaralama, yaralama, yana-yana yaralama,
 Bo'ldi bas, bularning chegarasi bormi?
Sog'inaman, sog'inaman, sog'inaman de,
 Kechalari ko'chalarda ovunaman de,
 Ora-chora, bora-bora og'rinaman de,
 Bir nima de, e, bir nima de! (x2+x2)