Ey, yig'lama yuragim, yo'q endi keragim,
Firibgar gulima.
Ko'zim yo'lida zor, tunlarim bedor,
Aldadi zolim-a.
Muhabbat bog'lari – hijronning dog'lari,
Qalbimni qilar qon, vayron, giryon. {x2}
Orom yo'q tunlarim, azobli kunlarim,
Sensiz har lahzalar sog'inchga boylanar.
Yig'lama yuragim, yo'q endi keragim,
Firibgar gulima.
Ko'zim yo'lida zor, tunlarim bedor,
Aldadi zolim-a. (x2)
Ko'zingning qarosi – umrimning balosi,
Hajring voh-u nolam, g'am-sitam, dard-alam. (x2)
Orom yo'q tunlarim, azobli kunlarim,
Sensiz har lahzalar sog'inchga boylanar.
Yig'lama yuragim, yo'q endi keragim,
Firibgar gulima.
Ko'zim yo'lida zor, tunlarim bedor,
Aldadi zolim-a. (x2)