Moziydan sog'inch yog'ilar,
Osuda saroy o'kinar,
Qayda ul sanam Bibixonim-o?
Xor g'arib dardin ololgan,
Zor yetim boshin silagan,
Mehribon, dono Bibixonim-o.
Ko'hna dunyo soldi ne savdolarni,
Yuzlab nokas to'kkan bu yolg'onlarni.
Ig'volarni iymon bilan yenggan ul,
Dardlarin yutgan Bibixonim-o,
Buyuk Temur rozi sizdan, mohim-o.
Qalbida farzand armoni,
O'rtasa hamki fig'oni,
Ko'rsatmas edi Bibixonim-o.
Ko'rolmay aziz boshini,
O'gu soldilar oshiga,
Hasadlar qurboni Mohim-o.
Ko'hna dunyo soldi ne savdolarni,
Yuzlab nokas to'kkan bu yolg'onlarni.
Ig'volarni idrok bilan yenggan ul,
Dardlarin yutgan Bibixonim-o.
Ayol borki bu – matonat, sadoqat,
Ham did-farosat, nangu yashar nafosat.
Jon kuyarlik bu – mehr, sof muhabbat
Asli sizdan meros, Bibixonim-o.
Necha zamon, o'tdi ne asrlar,
Jo'shar hamon sizdagi qat’iyat.
Har bir ayol joniga singib ketgan
Sizdagi mehr, Bibixonim-o. (x2)
Buyuk Temur rozi sizdan…