Yo'limni poylarkan,
Qalbim topolmaskan,
Mayli-mayli ko'rishaylik,
Bilaman, siz eski shaharlik.
Har kuni xatlar yozar,
Ko'rganda yo'lim to'sar,
Mayli-mayli so'zlashaylik,
O'jar ekansiz, eski shaharlik. (x2)
Tilagim yolg'iz, shart-shart,
Ko'nglim olarsiz shart-shart.
Shu qo'llaringizda, shart-shart,
Olib yurarsiz shart-shart. (x2)
Yonimda Farhoddek,
Devona Majnundek
Bo'ling mayli, bo'lay Layli
Sizga, o'sha eski shaharlik.
Men ham vafoli bo'lib,
Ishqingizda yuray yonib.
Mayli-mayli sayr etaylik,
Kezib hamon, eski shaharlik. (x2)
Tilagim yolg'iz, shart-shart,
Ko'nglim olarsiz shart-shart.
Shu qo'llaringizda, shart-shart,
Olib yurarsiz shart-shart. (x2)