Muhabbat dardida ko'ngillar bedor,
 Yo'limiz to'sguvchi sabablar bisyor.
 Bo'lsak-da jon berish uchun ham tayyor,
 Ikkimiz eng yaqin begonalarmiz.
Hech kimga kelmasdan malollarimiz,
 Qancha ko'p bo'lmasin savollarimiz,
 Bir-biriga intiq devonalarmiz,
 Ikkimiz eng yaqin begonalarmiz.
Begonalarmiz,
 Bir-birimizga begona, begonalarmiz,
 Muhabbati sarson bo'lgan afsonalarmiz,
 Muhabbat dardida bizlar devonalarmiz.
Devonalarmiz,
 Muhabbat dardida bizlar devonalarmiz,
 Muhabbati sarson bo'lgan afsonalarmiz,
 Bir-birimizga begona, begonalarmiz.
Ko'z ko'zga tushganda yonar yuraklar,
 Ammo sevgisidan tonar yuraklar.
 Unsiz ham aytilmas bizning tilaklar,
 Ikkimiz eng yaqin begonalarmiz.
Hech kimga kelmasdan malollarimiz,
 Qancha ko'p bo'lmasin savollarimiz,
 Bir-biriga intiq devonalarmiz,
 Ikkimiz eng yaqin begonalarmiz.
Begonalarmiz,
 Bir-birimizga begona, begonalarmiz,
 Muhabbati sarson bo'lgan afsonalarmiz,
 Muhabbat dardida bizlar devonalarmiz.
Devonalarmiz,
 Muhabbat dardida bizlar devonalarmiz,
 Muhabbati sarson bo'lgan afsonalarmiz,
 Bir-birimizga begona, begonalarmiz.