Ne kun o'lg'ayki, nigorim kelgay,
Bog'i umrumda bahorim kelgay. (x2)
Umr bog'ida bahor uldurkim,
Sarvqad lolauzorim kelgay. {x2}
Ul gado jonig'a o't tushkaykim,
Olg'ali sham’i mazorim kelgay. (x2)
Ko'yida etti ko'ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay. {x2}
Qani maykim, chu ichib mast o'lsam,
Ko'kka tuz boqqali orim kelgay. (x2)
Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay. (x2)