Fig'onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin, {x2}
G'amim ko'p, ey ko'ngul, sen bexabarsen oh-u zorimdin. {x2}
G'uborim ishq vodiysida barbod o'ldi andog'kim, {x2}
Biyobonlarda Majnun to'tiyo izlar g'uborimdin. {x2}
Muhabbat dardida o'lsam, o'tib umrim ado bo'lg'ay,
Qamishlar o'rniga mehrigiyo ungay mozorimdan.
Adashgan kimsadek Furqat, qayon borgum bilolmasman,
Qachon bo'lg'aykim topg'ayman xabar yor o'z diyorimdan. {x2}
Fig'onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…
Fig'onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…