Ohu kabi kezganda ham go'zallar,
 Qosh-u ko'zin suzganda ham go'zallar,
 O'z yo'liga solganda ham go'zallar,
 Uydagi yor-farishtangni yig'latma.
Yolg'on yorga berma aql-u xayoling,
 Sarob jilvasiga solma kamoling,
 Alloh ravo ko'rgan juft-u haloling,
 Uydagi yor-farishtangni yig'latma.
Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma,
 Uydagi yor-farishtangni yig'latma.
 Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma,
 Uydagi yor-halolingni yig'latma.
Yuzing burma oftobingdan, taftingdan,
 O'zga baxt yo'q halolingdan, baxtingdan.
 Qaytgin endi bu xatoying, shahdingdan,
 Uydagi yor-farishtangni yig'latma.
Buzgin endi gunohlaring qasrini,
 Unut endi nomahramning vaslini,
 Ey Sadoiy, bilsang yomon kasrini,
 Uydagi yor-farishtangni yig'latma.
Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma,
 Uydagi yor-farishtangni yig'latma.
 Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma,
 Uydagi yor-halolingni yig'latma.
Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma,
 Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma.
 Yig'latma-yig'latma…