Ko'chalarga suv sepaman saharda,
Yor o'tsa, oyog'i chang bo'lmasin deb.
Xat yozaman bo'lsam agar safarda,
Yor sog'insa, ko'ngli o'ksimasin deb. (x2)
Gullarni xush ko'rishimni biladi,
Qo'lida guldasta bilan keladi. (x2)
Yorginamni ko'rsam, ko'nglim to'ladi,
Salom deyman, yot “salom” demasin deb. (x2)
Ko'chalarga suv sepaman saharda,
Yor o'tsa, oyog'i chang bo'lmasin deb.
Xat yozaman bo'lsam agar safarda,
Yor sog'insa, ko'ngli o'ksimasin deb.
Sochimga tol popuklar taqqanimda,
O'sma ezib, qoshimga qo'yganimda, (x2)
Yorim suygan libosni kiyganimda,
Hovlimda kutaman rashk qilmasin deb. (x2)
Ko'chalarga suv sepaman saharda,
Yor o'tsa, oyog'i chang bo'lmasin deb.
Xat yozaman bo'lsam agar safarda,
Yor sog'insa, ko'ngli o'ksimasin deb. (x2)
Yor sog'insa, ko'ngli o'ksimasin deb… {x2}