Har dilning bor hikoyasi,
 Avvali-yu nihoyasi.
 Sinovlardan qo'rqma, yurak,
 Har dardingning bor chorasi.
Yomon holi yomon bo'lar,
 Hiylalari tamom bo'lar.
 Sabr qilsak, bir kun kelib,
 Baxt keladi, omad kelar.
Kel do'st bo'lay – qo'l ber dunyo,
 Yo'lga chiqdim – yo'l ber dunyo.
 Kel do'st bo'lay – qo'l ber dunyo,
 Yo'lga chiqdim – yo'l ber dunyo.
Halol noning o'zingniki,
 Haqqing berma, haqqingni ol.
 Zulmatlarda qolmay desang,
 Sen quyoshni quchoqlab ol. {x2}
Orzularning oq buluti,
 Umidingning mitti guli,
 Omon bo'lsak, bu dunyoda
 Davom etar hayot kuyi.
Kel do'st bo'lay – qo'l ber dunyo,
 Yo'lga chiqdim – yo'l ber dunyo.
 Kel do'st bo'lay – qo'l ber dunyo,
 Yo'lga chiqdim – yo'l ber dunyo.