Yog'ildi sel bo'lib yomg'ir,
Bag'rimni ko'z yoshi ko'mdi.
Yog'ar tinmay ketidan qor,
To'xtamay yog'aver, oppoq qor.
Osmondan pichir-pichirlab,
Yerlarni mayin sehrlab,
Arshdan yuz ming, yuz minglab
Yog'ar qor.
Bu oqlik nur – yordan habar,
Har parchasida farishtalar.
Bir hasratimga ming rahmat-la
Yog'ar qor.
Hayratdan muz bo'lib qotsin
Armon, alam, afsuslarim.
Mehr urug'in siylagin, qor,
Gullatib, yashnatib kel bahor.
Osmondan pichir-pichirlab,
Yellarni mayin sehrlab,
Arshdan yuz ming, yuz minglab
Yog'ar qor.
Bu oqlik nur – yordan habar,
Har parchasida farishtalar.
Bir hasratimga ming rahmat-la
Yog'ar qor. (x1+x1)