Sevgilim, sendayin kuydirgich yo'qdir,
Bunchalar azobing sababin aytgil.
Sevgilim, sendayin suydirgich yo'qdir,
Bunchalar qiynoqlaring ne uchun, aytgil?
Ko'zlarini suzib, qoshlarin qoqib,
Go'zallar ko'nglingni oldimi balki?
Ohu ko'zlarin suzib, qoshlarin qoqib,
Oy jamollar aql-u xushing oldimi balki?
Bo'lmadi-bo'lmadi ketdim,
Dardim nari otdim.
Sening bilan baxtim
Kulmadi, netdim?
Bo'lmadi-bo'lmadi ketdim,
Dildan nari otdim.
Sening bilan baxtim
Kulmadi, ketdim?
U shoxdan bu shoxga qo'nishlaringni,
Mening uchun yolg'on kuyishlaringni, (x2)
Kechirib bo'larmi jononalarni
Ko'rganda ko'zlaring yonishlarini? (x2)
Bo'lmadi-bo'lmadi ketdim,
Dardim nari otdim.
Sening bilan baxtim
Kulmadi, netdim?
Bo'lmadi-bo'lmadi ketdim,
Dildan nari otdim.
Sening bilan baxtim
Kulmadi, ketdim?
Oh dedim, voh dedim, ketolmadim,
Menga yot qo'llardan tutolmadim.
Oh dedim, voh dedim, ketolmadim,
O'zimga yot qo'llardan tutolmadim.
O'ylamang, jonginam, siz uchun emas,
Muhabbat yuzidan o'tolmadim.
Jonginam, aslida siz uchun emas,
Muhabbatning yuzidan o'tolmadim.
Bo'lmadi-bo'lmadi keldim,
Nima qilay endi,
Sizga yana bir bor
Ko'nglimni berdim. (x4)