Bechora yuragim seni so'rayverar,
Netay, u tushunmas, qaytib kelmaydi desam.
Bechora ko'zlarim seni izlayverar,
Netay, u ham tushunmas, endi u yo'q desam.
Keragi yo'q sensiz hayotni menga,
Keragi yo'q o'zga sevgini menga,
Keragi yo'q, o'zgada ko'nglim dema,
Keragi yo'q!
Keragi yo'q sensiz hayotni menga,
Keragi yo'q o'zga sevgini menga,
Keragi yo'q, mening ko'nglim o'zgada dema!
Bilsang, ko'zlaringda shafqatni men ko'rmadim,
Bilsang, so'zlaringda afsuslar eshitmadim.
Sen ketar ekansan, nega o'zingga o'rgatding?
Sen ketar ekansan, endi o'rgat unutishga.
Keragi yo'q sensiz hayotni menga,
Keragi yo'q o'zga sevgini menga,
Keragi yo'q, o'zgada ko'nglim dema,
Keragi yo'q!
Keragi yo'q sensiz hayotni menga,
Keragi yo'q o'zga sevgini menga,
Keragi yo'q, mening ko'nglim o'zgada dema!