Yurak-yurakdan sog'inib ketdim,
Hattoki o'zimdan qizg'onar edim,
Lek javobing shumi, bevafo, ayt?
Yana, yana mani tongdan egallab oldi dard,
Yuragimni qo'yib yubor, ey xasrat.
Unda qolmadi hech qanday nafrat,
Armonlar bilan ko'z yoshlarim art.
Baribir endi yo'q o'sha muhabbat,
Hammasi yonib-kuyib, bir balolarga uchradi.
Uning yuzlari zebo, qora ko'zlari shahlo,
Uning so'zlari a’lo, qildi mubtalo.
Yuragim qiynama mani, u endi qaytmaydi,
Balki hatto eslamaydi.
Uning yuzlari zebo, qora ko'zlari shahlo,
Uning so'zlari a’lo, qildi mubtalo.
Yuragim qiynama mani, u endi qaytmaydi,
Balki endi hatto eslamaydi.
Yana xuddi mani birinchi bora ko'rganday,
Xuddi-xuddi hech narsa bo'lmaganday,
Kulib qarab turibsan, jonim.
Yana xuddi mani hech qachon sevmaganday,
Xuddi mani hech qachon sog'inmaganday,
Qanday qilib yuribsan, jonim?
Yana bilaman, endi qaytmaysan,
Sog'insam-da qaytgin demayman.
Afsuslardan endi na foyda?
Bugunmi, ertami unutaman.
Baribir endi yo'q o'sha muhabbat,
Hammasi yonib-kuyib, bir balolarga uchradi.
Uning yuzlari zebo, qora ko'zlari shahlo,
Uning so'zlari a’lo, qildi mubtalo.
Yuragim qiynama mani, u endi qaytmaydi,
Balki hatto eslamaydi.
Uning yuzlari zebo, qora ko'zlari shahlo,
Uning so'zlari a’lo, qildi mubtalo.
Yuragim qiynama mani, u endi qaytmaydi,
Balki endi hatto eslamaydi.